Tokio-2020: o‘zbekistonlik yunon-rum kurashchilari chorak finalda to‘xtadi
Sport
−
01 avgust 2021
3780Yunon rum kurashi bo‘yicha -60 kg vaznda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Elmurod Tasmurodov ukrainalik Lenur Temirovga qarshi gilamga chiqdi va imkoniyatni boy berdi.
Belllashuv 0:5 hisobida Temirovning g‘alabasi bilan yakunlandi. Agar ukrainalik kurashchi finalga yetib borsa Tasmurodov bronza medali uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoladi.
-130 kg vazn toifasida bahslarga kirishgan Mo‘minjon Abdullayev yarim final yo‘llanmasi uchun chililik Yasmani Fernandes bilan kurash olib bordi. Bahsda 0:2 hisobida Fernandes g‘alaba qozondi, agar u finalga qadar yetib borsa, Abdullayev bronza medali uchun gilamga chiqadi.
Bunga qadar Mo‘minjon Abdullayev ilk davrada Artur Vititinga hech qanday imkoniyat qoldirmagan edi. U estoniyalik raqibini 8:0 hisobida mag‘lub etgan va chorak finalga yo‘l olgandi.
Ma’lumot o‘rnida, Tasmurodov Rio Olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.
LiveBarchasi