Tokio-2020: o‘zbekistonlik velosportchi 64-o‘rinni egalladi
Sport
−
24 iyul 2021
1945Avvalroq, XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining bellashuvlari boshlangani haqida xabar bergan edik. Kun davomida bir qancha o‘zbekistonlik sportchilar bahslarda ishtirok etdi.
Tokio-2020 Olimpiadasining birinchi kungi sport musobaqalari davom etmoqda. Velosport sprot turi bo‘yicha musobaqada O‘zbekiston sharafini Murodjon Xolmurodov himoya qildi.
Velosportchi Murodjon Xolmurodov Tokio-2020 olimpiadasining 234 km masofaga uyushtirilgan bahsda 128 davlat sportchilari orasida 64-o‘rinni egalladi. U ushbu masofani 6 soat 21 daqiqa 46 soniyada bosib o‘tgan.
Ma’lumot uchun, birinchi o‘rinni ekvadorlik Richard Karapas egalladi. Sportchi 234 km masofani 6 soat 5 daqiqa 26 soniyada bosib o‘tdi. Ikkinchi o‘rin belgiyalik Vout van Art, uchinchi pog‘ona esa sloveniyalik Tadej Pogacarga nasib etdi.
Shuningdek, bugungi dasturda sport gimnastikasi bo‘yicha Olimpiada ishtirokchisi Rasuljon Abdurahimov ham musobaqalarga kirishadi.
LiveBarchasi