Tokio-2020: o‘zbekistonlik bokschilarning navbatdagi raqiblari ma’lum
Sport
−
01 avgust 2021
10654Olimpiya o‘yinlarida o‘z ishtirokini davom ettirayotgan 4 nafar o‘zbekistonlik bokschilarning chorak va yarim finaldagi raqiblari va jang vaqtlari aniq bo‘ldi.
Unga ko‘ra 3 avgust kuni -52 kg vazn toifasida Olimpiada va Jahon chempioni Shahobiddin Zoirov filippinlik Karlo Palamga qarshi ringga ko‘tariladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 07:15 da boshlanadi.
-63 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Elnur Abduraimov Armaniston vakili Ovannes Bachkov bilan jang qiladi. Bahs soat 08:00 da start oladi.
Kechki dasturda esa yollar o‘rtasidagi -60 kg vaznda Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Rayhona Qodirovani braziliyalik Jahon chempioni Beatris Ferreyraga qarshi qiyin bellashuv kutib turibdi. Jang soat 13:00 da boshlanadi.
4 avgust kuni +91 kg vaznda dunyo reytingi yetakchisi Bahodir Jalolov britaniyalik Freyzer Klarkka qarshi yarim final jangida ringga ko‘tariladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 13:00 ga belgilangan.
Ma’lumot o‘rnida, Rio Olimpiadasida o‘zbekistonlik bokschilar 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan edi.
LiveBarchasi