Tokio-2020: Shohsanamxon Toshpo‘latova finalga yo‘l oldi
Sport
−
30 avgust 2021
4681Bugun, 30 avgust kuni Tokio Paralimpiadasining S13 klassida 200 metr masofaga individual kompleks usulida suzish bo‘yicha saralash bahslari yakunlandi.
Ayollar o‘rtasidagi bahslarda ikki nafar o‘zbekistonlik sportchi – Shohsanamxon Toshpo‘latova hamda Nigoraxon Mirzohidova ishtirok etdi. Toshpo‘latova 2:30,42 daqiqa ko‘rsatkichni qayd etib, marraga birinchi bo‘lib yetib kelgan bo‘lsa, Mirzohidova 2:40,44 daqiqa natija bilan 5-o‘rinda keldi.
Shohsanam Toshpo‘latova finalga yo‘l oldi. Ayollar o‘rtasida S13 klassida 200 metr masofaga individual kompleks usulida suzish bo‘yicha final bahsi bugun, 30 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:42 da boshlanadi.
Shuningdek, erkaklar o‘rtasida Firdavsbek Musabekov 2:18,78 daqiqa natija ko‘rsatib, marraga 5-bo‘lib yetib keldi va saralashdan o‘ta olmadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston delegatsiyasiga ilk medalni suzuvchi Islam Aslanov keltirgan edi. U 100 metrga batterflay usulida suzish bo‘yicha bronza medalini qo‘lga kiritgan.
LiveBarchasi