O‘zbekiston Paraosiyo o‘yinlarini 11 ta oltin medal bilan yakunladi
Sport
−
06 dekabr 2021
3691Bugun, 6 dekabr kuni Bahrayn mamlakati mezbonlik qilayotgan yoshlar o‘rtasidagi Paraosiyo o‘yinlarining so‘nggi kunida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari 2 ta oltin medalga ega chiqishdi.
Jumladan, para suzishning “S 8” klassida 100 metrga chalqancha usulda suzish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida Azizbek Boynazarov 1 daqiqa 21.39 soniya natija bilan marraga birinchi bo‘lib yetib keldi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, para pauerlifting bo‘yicha erkaklar o‘rtasida 65 kg vazn toifasida Sherali Ahmedov 138 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, suzuvchi Azizbek Boynazarov musobaqa davomida 3 ta oltin va bitta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston delegatsiyasi yoshlar o‘rtasidagi Paraosiyo o‘yinlarini 11 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza, jami 18 ta medal bilan yakunlashga muvaffaq bo‘ldi.
LiveBarchasi