Tokio-2020 “maskotlari” dunyo bo‘ylab safarga chiqdi
Sport
−
04 mart 2020
4044Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari maskotlari Miraytova va Someyti bo‘lajak Olimpiadaga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida maxsus loyihada ishtirok etishmoqda.
Ular birgalikda Olimpiada va Paralimpiada mezbon shaharlariga tashrif buyurib, mahalliy aholiga o‘ziga hos quvonch ulashmoqda.
Miraytova va Someyti ushbu tur yo‘nalishlarini tanlash uchun nayzachalardan foydalanishdi. Natijada tur Ispaniyaning Barselona shahridan boshlanadigan bo‘ldi. Shuningdek, maskotlar Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi va Xalqaro Paralimpiya Qo‘mitasining bosh ofislarida ham bo‘lishadi.
Tur yo‘nalishi: Barselona (Ispaniya) → Parij (Fransiya) → Bonn (Germaniya, XPQ bosh ofisi) → Afina (Gretsiya) → London (Buyuk Britaniya) → Lozanna (Shveysariya, XOQ bosh ofisi).
O‘zbekistonlik vakillari har bir shaharda ushbu mamlakatda Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma olgan sportchilar bilan ko‘rishibgina qolmay, Olimpiya markazlarida ham mehmon bo‘lishmoqda. Miraytova va Someyti ayni paytda Parij shahrida bo‘lib turishibdi. Safar 31 mart kuni XOQ bosh ofisida yakuniga yetadi.
Jahongir Sotvoldiyev
LiveBarchasi