Tokio-2020: dzyudochilarning “qora an’ana”si davom etadi. Hikmatilloh To‘rayevda mag‘lubiyat
Sport
−
26 iyul 2021
3957Dzyudo bo‘yicha -73 kg vazn toifasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etayotgan Hikmatilloh To‘rayev nimchorak finalda o‘z ishtirokini yakunladi. Chorak finalga chiqish uchun u janubiy koreyalik An Changrimga qarshi tatamiga chiqdi.
Asosiy vaqtda hisob ochilmagach, dzyudochilar “oltin ochko” uchun qo‘shimcha daqiqalarda bellashdi. Unda koreyalik sportchi “vazari” bahosi evaziga g‘alaba qozonib chorak finalga yo‘l oldi.
To‘rayev ilk bosqichda Germaniyalik Igor Vandtkega qarshi tatamiga chiqib, g‘alaba qozondi. Bunga qadar Olimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik dzyudochilarning hech biri g‘alaba qozona olmayotgan edi.
Avvalroq, qilichboz Zaynab Dayibekova Olimpiadaning chorak finaliga yo‘l olgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi