Tokio-2020: dastlabki kun O‘zbekiston sportchilari uchun omadsiz o‘tmoqda

Sport

image
0:00
0:00
download

Bugun, 24 iyul kunidan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining musobaqalari boshlandi. Kun davomida bir qancha o‘zbekistonlik sportchilar musobaqalarda ishtirok etdi. 

 O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin hindistonlik Sumit Nagalga qarshi kechgan birinchi setda 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ikkinchi setni esa tay-brekda o‘z foydasiga hal qilishga muvaffaq bo‘ldi. Uchrashuv davomida 2:4 hisobida ortda qolayotgan Istomin hindistonlik raqibi Sumit Nagalni tay-brekda 7:6(7:3) hisobida yengishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu bilan Istomin setlar bo‘yicha hisobni tenglashtirdi - 1:1.

Dzyudo bo‘yicha -60 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan jahon chempionatining kumush medali sovrindori Sharofiddin Lutfullayev musobaqaning ikkinchi davrasidayoq imkoniyatni boy berdi. U ukrainalik Artyom Lesyuk qarshiligini yenga olmadi. Rio Olimpiadasida ushbu vaznda Diyorbek O‘rozboyev, London va Pekin Olimpiadalarida esa Rishod Sobirov bronza medalni qo‘lga kiritgan edi.

Velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Murodjon Xolmurodov shosse yo‘nalishida 234 kilometr masofaga o‘tkaziladigan bahslarda o‘z yurishini boshladi. Unda 130 nafar velosportchi medallar uchun kurash olib boradi. 

Qilichbozlik bo‘yicha bahslarda ishtirok etayotgan Sherzod Mamutov va Malika Hakimova ilk bosqichda o‘z urinishlarini yakunladi. Sherzod Mamutov ruminiyalik Yulian Teodosiuga 11:15 hisobida, Malika Hakimova esa xitoylik Yiven Sunga 10:15 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

O‘q otish sporti bo‘yicha ishtirok etgan Muxtasar Tohirova umumiy hisobda 622.2 ochko to‘pladi va 33-o‘rinni egallab, o‘z ishtirokini yakunladi.

Sobirjon Safaraliyev va Shaxboz Xolmurzayev 2000 metrga eshkak eshish bahslarida 6 terma jamoa ichida 4-natijani qayd etdi. Ushbu “poyga”da Germaniya terma jamoasi marraga birinchi bo‘lib keldi. O‘zbekistonlik sportchilar endi o‘tish bahslarida ishtirok etadi. Imkoniyat saqlanib turibdi.

Shuningdek, boks bo‘yicha terma jamoa a’zosi Shahnoza Yunusovaga polshalik Karolina Kosevska raqiblik qildi. Tajribali bokschiga qarshi munosib jang o‘tkazgan Yunusova yakunda hakamlarning qarori bilan imkoniyatni boy berdi.

Yana ikki nafar o‘zbekistonlik sportchi o‘z urinishlarini boshlash arafasida. 

Sanjar Tursunov - boks - 10:15
Rasuljon Abdurahimov - sport gimnastikasi - 15:30


Maqola muallifi

Teglar

MOQ Dzyudo Sharofiddin Lutfullaev Boks Tokio-2020

Baholaganlar

790

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing