Tokio-2020: bokschi Sanjar Tursunov ilk bosqichdayoq mag‘lub bo‘ldi
Sport
−
24 iyul 2021 7339 1 daqiqa
Bugun, 24 iyul kuni erkaklar o‘rtasida boks bahslariga start berildi. -91 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Sanjar Tursunov ilk bosqichda mag‘lubiyatga uchradi.
Jazoirlik Abdelxafid Benchabla ushbu bahsda hakamlarning qarori bilan g‘alaba qozondi. U dastlabki raunddagi faollik va asosan qarshi hujumlar natijasida Tursunovni mag‘lub etishni uddaladi.
Shu tariqa musobaqalarning dastlabki kungi bellashuvlari o‘zbekistonlik sportchilar uchun o‘ta muvaffaqqiyatsiz o‘tdi.
Ma’lumot o‘rnida O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining boks bellashuvlarida to‘liq tarkibda — 8 nafar bokschi bilan ishtirok etmoqda. Endilikda, o‘zbek bokschilari 7 vazn toifasida ringga ko‘tariladi.
Shuningdek, sport gimnastikasi bo‘yicha Olimpiada ishtirokchisi Rasuljon Abdurahimov Toshkent vaqti bilan 15:30 dan boshlab, musobaqalarga kirishadi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust