To‘qayev Putinga hamdardlik bildirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Bugun, 15 avgust kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Rossiya yetakchisi Vladimir Putinga hamdardlik telegrammasini yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Unga ko‘ra, davlat rahbari rossiyalik hamkasbiga Dog‘iston poytaxti Maxachqal’adagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash munosabati bilan hamdardlik bildirgan.

“Qozog‘iston xalqi va shaxsan o‘z nomimdan halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiraman, shuningdek, barcha jabrlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilayman”, deya yozgan Prezident Qosim-Jomart To‘qayev telegrammada.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 14 avgust kuni Dog‘iston poytaxti Maxachqal’adagi avtoservis binosida kuchli portlash sodir bo‘lgandi. Dastlab avtoservis binosi yonib ketgan, keyin yong‘in yoqilg‘i quyish shoxobchasiga o‘tgan va oqibatda kuchli portlash yuz bergan. Portlashdan deyarli 4 soat o‘tib yong‘in o‘chirilgan.

Dastlab OAV portlash oqibatida 25 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi, biroq so‘ngi ma’lumotlarga ko‘ra, favqulodda vaziyat qurbonlari soni 27 nafarga yetgan, ulardan uch nafari bolalardir. Bundan tashqari, 60 dan ortiq kishi jarohatlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Dog'iston Toqaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing