Tog‘li Qorabog‘ning sobiq rahbarlari terrorchilikda ayblanyapti

Olam

image

Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasining sobiq rahbarlari Arkadiy Gukasyan va Bako Saakyan, shuningdek, parlamentning sobiq rahbari David Ishxanyan terrorchilikda ayblanib hibsga olingani tasdiqlandi. Bu haqda Ozarbayjon Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xabar berdi.  

“Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan olib borilgan tadbirlar natijasida 2023 yil 3 oktyabrda Arkadiy Gukasyan, Bako Saakyan va David Ishxanyanlar ushlanib, Ozarbayjon Jinoyat kodeksining 214.2.1, 214.2.2, 214.2.3 (uyushgan guruh tomonidan o‘qotar qurollar, portlovchi moddalar va portlovchi qurilmalardan foydalangan holda terrorizm), 214-1 (terrorizmni moliyalashtirish), 214-3.2 (terrorizm maqsadida mashg‘ulotlarni tashkil etish yoki o‘tkazish), 228.3 (uyushgan guruh tomonidan o‘qotar qurol, ularning butlovchi qismlari, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar va portlovchi qurilmalarni noqonuniy egallash, saqlash, sotish yoki olib yurish) va 279.3 (qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qurolli tuzilmalar va guruhlarni tuzish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoiy javobgarlikka tortildi”, deyiladi DXX xabarida.

Ozarbayjonning APA agentligi tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, Bakuning Sabail tuman sudi qarori bilan Gukasyan, Saakyan va Ishxanyan to‘rt oyga hibsga olingan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Ozarbayjon DXX va Bosh prokuraturasi tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasining sobiq rahbari Araik Arutyunyan hibsga olinganini e’lon qilgandi. 

O‘tgan hafta Ozarbayjon hukumati sobiq tashqi ishlar vaziri va tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi prezidentining sobiq yordamchisi David Babayan, shuningdek, Qorabog‘dagi arman qo‘shinlari qo‘mondoni sobiq o‘rinbosari David Manukyan va hukumatning sobiq rahbari Ruben Варданяннинг hibsga olinganini ma’lum qilgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Tog'li Qorabog' Qorabog'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing