Tog‘li Qorabog‘ga 25 mingga yaqin aholi qaytib keldi

Olam

image

Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi Prezidenti Arayik Arutyunyan Yerevanda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashuv payti 25 kun ichida  25 ming kishi mintaqaga qaytib kelganini aytdi.

“Vatandoshlarimizning Qorabog‘ga qaytishi juda tez sur’atlarda davom etmoqda. Xususan, besh kun ichida 25 ming kishi Vatanga qaytib keldi. Ushbu ma’lumotlar bizning ro‘yxatga olish markazimizga tegishli”, dedi Arutyunyan.

Qorabog‘ rahbarining so‘zlariga ko‘ra, jarayon davom etmoqda. “Albatta, yo‘llar va xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar mavjud. Biz buni muhokama qilamiz”, dedi Arutyunyan. Uning qo‘shimcha qilishicha, birinchi bosqichda Qorabog‘da uyi bo‘lgan vatandoshlar qaytib kelishadi, qolganlari ularni joylashtirish va ijtimoiy muammolarni hal qilish imkoniyati bo‘lishi uchun bosqichma-bosqich qaytib kelishadi. Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, Yerevanda faoliyat yuritayotgan tezkor shtab Qorabog‘ aholisining Armanistonda bo‘lishi va kommunal xizmatlar uchun sarflangan xarajatlarni qoplashga harakat qiladi.

Pashinyan Qorabog‘dagi normal hayotni tiklashga kuch sarflash, u yerdagi vatandoshlarning qaytib kelishini ta’minlash va ular uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish zarurligini ta’kidladi. Unga ko‘ra, eng muhim vazifalar halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar oilalarining ijtimoiy muammolarini hal qilish, bedarak yo‘qolganlarning taqdiriga oydinlik kiritishdir.

Joriy yilning 9 noyabr kuni Rossiya, Ozarbayjon Prezidentlari Vladimir Putin va Ilhom Aliyev hamda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlarni to‘liq to‘xtatish to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzoladilar. Bayonotga ko‘ra, Armaniston va Ozarbayjon egallab olgan pozitsiyalarida to‘xtashadi, keyin bir qator mintaqalar Baku nazorati ostiga o‘tadi. Sulhga ko‘ra, tomonlar o‘zaro mahbuslar almashinuvini allaqachon boshladi. 1960 kishidan iborat Rossiya tinchlikparvar kuchlari aloqa liniyasi va Qorabog‘ni Armaniston bilan bog‘laydigan Lochin yo‘lagi  bo‘ylab joylashtirildi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilayotgan muxolifat faollari 20 noyabr kuni tushdan keyin Yerevanning bir nechta markaziy ko‘chalarini to‘sib qo‘ydi. 

Keyinchalik, Ozarbayjon va Armaniston chegaralariga Rossiyaning qo‘shimcha kuchlari kiritilishi ma’lum qilindi.

Umidjon Nozimjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qorabog'

Baholaganlar

153

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing