Tog‘li Qorabog‘da Rossiya va Turkiya uchun yana bir kuzatuv markazi quriladi

Olam

image

Rossiya va Turkiya tomonidan tashkil etilgan Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kuzatuv markazi Ag‘dam viloyatida ham paydo bo‘ladi. Bu haqda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev YeXHT Minsk guruhining Fransiya va AQSH vakillari – Stefan Viskonti, Endryu Shofer hamda Rossiyaning Ozarbayjondagi favqulodda va muxtor elchisi Mixail Bocharnikov va YeXHT vakilining shaxsiy vakili Anjey Kaspshik bilan bo‘lgan uchrashuvda so‘z ochdi.

“Mening fikrimcha, bu mintaqaviy hamkorlikning juda yaxshi namunasidir. Bu shuningdek, Turkiya va Rossiya o‘rtasida juda maqbul hamkorlikning ramzi hisoblanadi. Bu allaqachon haqiqatga aylangan” dedi Aliyev.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 9 noyabr kuni Rossiya va Ozarbayjon Prezidentlari Vladimir Putin, Ilhom Aliyev hamda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlarni to‘liq to‘xtatish to‘g‘risida qo‘shma bayonotni imzoladilar.

Keyinchalik Rossiya va Turkiya Mudofaa vazirliklari o‘rtasida Ozarbayjonda mintaqada sulh bitimiga rioya qilinishini nazorat qiluvchi qo‘shma kuzatuv markazini yaratish to‘g‘risida memorandum imzolandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Turkiya Qorabog'

Baholaganlar

49

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing