Tog‘li Qorabog‘da 300 nafar suriyalik jangari bor - Makron

Olam

image

Qurolli mojarolarda Ozarbayjon tomonidan qatnashish maqsadida Suriyadan 300 nafar jangari Turkiyaning Gazantepa shahri orqali Tog‘li Qorabog‘ga tashlangan. Bu haqda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Yevropa Ittifoqi sammitining birinchi kuni yakuniga bag‘ishlangan brifingda ma’lum qilgan.

“Bu tasdiqlangan fakt. U odamlar kuzatilgan va shaxsi aniqlangan. Ularning barchasi ISHID terrorchilik tashkilotiga aloqador. Men buni Vladimir Putin bilan muhokama qildim. Putin Rossiya ham bu ma’lumotni tasdiqlashini aytdi”, degan Makron.

Shuningdek, Fransiya Prezidenti, Turkiyaning NATO a’zosi sifatida o‘zini bunday tutishi noto‘g‘riligini aytgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, Anqara "qizil chiziq"ni bosib o‘tgan.

Rasmiy Bakuga ko‘ra, Armaniston Qurolli Kuchlari 27 sentyabr kuni soat 06:00 dan boshlab Ozarbayjonga qarshi keng ko‘lamli provokatsiyalarni amalga oshirdi, butun front bo‘ylab Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini, shuningdek, oldingi chiziq zonasida joylashgan aholi punktlarini o‘qqa tutdi. Unda mingga yaqin harbiylar va tinch aholi vakillari halok bo‘lgan.

Armaniston hujum Ozarbayjon qurolli kuchlari tomonidan boshlanganini aytmoqda. Ozarbayjon esa qurolli to‘qnashuvga nisbatan javob hujumlari boshlaganini rasman e’lon qilib, Armaniston chegarasidagi tinch aholi vakillarini chegara hududlaridan chetga chiqishlarini so‘radi.

Holat bo‘yicha Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev xalqqa murojaat bilan chiqib, to‘qnashuv Ozarbayjonning provokatsiyasi emasligini aytdi.

Nikol Pashinyan esa mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlik e’lon qildi. Buning ortidan Ilhom Aliyev mamlakatda harbiy holat va komendantlik soati e’lon qilish haqidagi farmonga imzo chekdi. Shuningdek, Aliyev 28 sentyabr kuni qisman safarbarlik e’lon qilish haqidagi hujjatni imzoladi


Maqola muallifi

Teglar

Qorabog' to'qnashuvi

Baholaganlar

213

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing