Tog‘li Qorabog‘ mojarosi: Aliyev va Pashinyan ilk bor yuzlashib, bor dardini o‘rtaga tashladi

Olam

image

Ozarbayjon va Armaniston rahbarlari tarixda ilk bor Arman-Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘ mojarosiga bag‘ishlangan ochiq muhokamalarda ishtirok etdilar. Muhokama Myunxen xavfsizlik konferensiyasida bo‘lib o‘tdi. 

"Tog‘li Qorabog‘ mojarosining yangi tendensiyalari" mavzusidagi munozarada Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Tog‘li Qorabog‘ Ozarbayjon tarkibiga kirganligini aytib, respublikaning hududiy yaxlitligi butun xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinishini ta’kidladi.

U sobiq ittifoq davrida  Bolsheviklar partiyasining Kavkaz byurosi 1921 yilda "Qorabog‘ni Ozarbayjon tarkibida saqlash to‘g‘risida” qaror qabul qilganini esladi. 

Aliyev, Armaniston tomonining, Qorabog‘ go‘yo Ozarbayjonga topshirilgani haqidagi so‘zlari haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidladi. 

“Armaniston Bosh vaziri BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyalarida arman qo‘shinlarini bosib olingan hududlardan zudlik bilan va so‘zsiz chiqarib yuborilishini talab qilishini unutmasligi kerak. Armaniston Ozarbayjon hududining 20 foizini egallab olgan va bosib olingan yerlarda ozarbayjon tinch aholisiga qarshi, shu jumladan Xojali qirg‘iniga qarshi etnik tozalash ishlarini olib borgan. Tarixiy merosimizni ushbu yerlarda yo‘q qilib tashlagan armanlardir”, deydi Ozarbayjon rahbari. 

Ilhom Aliyev, shuningdek, YeXHT Minsk guruhining hamraislari Armanistonga Tog‘li Qorabog‘ Armanistonniki emasligini tushuntirishlari kerakligini aytdi. "Hech bir mamlakat Tog‘li Qorabog‘ni tan olmadi",  deb eslatdi Ozarbayjon Prezidenti. 

"Armaniston tinchlik haqida gapiradi, lekin bugun mergan tomonidan ozarbayjon askarining o‘ldirilishini qanday tushuntirish kerak?

Bu yerga haqiqatni gapirish uchun keldim. Haqiqat shundaki, ozarbayjonlik ko‘chmanchilar o‘z hududlariga qaytishlari kerak. Bu ularning ajralmas huquqi. Ishg‘ol qilingan yerlardagi qurolli kuchlarning 80 foizdan ortig‘i Armanistondan kelgan askarlardir. Armaniston bu hududlarni muddatsiz ushlab turishga qodir, deb hisoblaydi. Ammo bu hech qachon bo‘lmaydi!”, deydi Ilhom Aliyev. 

Ilhom Aliyev mojaroni bosqichma-bosqich hal qilish kerakligini ta’kidladi: 

“Bosib olingan hududlarning bir qismi ozod qilinishi kerak. Ozarbayjonlik ko‘chmanchilar o‘z yerlariga qaytishlari kerak. Bu tomonlar o‘rtasida ishonchni qaror toptirishga yordam beradi va bundan keyin Tog‘li Qorabog‘ning maqomi belgilanadi”, dedi Prezident. 

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan o‘z navbatida Ozarbayjon rahbarining ayblovlarini rad etib, Xojali shahridagi voqealarni genotsid akti deb tan olishdan bosh tortdi. 

Unga ko‘ra, Tog‘li Qorabog‘ mojarosi tinch yo‘l bilan hal qilinishi kerak. 

Shu bilan birga, Pashinyan Tog‘li Qorabog‘da arman qo‘shinlari yo‘qligini va bu yerlarga faqat mahalliy o‘zini-o‘zi mudofaa qilish kuchlari joylashtirilganini yana bir bor ta’kidladi. Biroq, ayni paytda u o‘g‘lining Tog‘li Qorabog‘da oldingi safda xizmat qilganini tan oldi.

Ma’lumot o‘rnida, Qorabog‘dagi mojaro 1988 yilning fevralida, Tog‘li Qorabog‘ avtonom viloyati (Ozarbayjon SSR) Ozarbayjon SSR tarkibidan chiqib ketishini e’lon qilgan paytda boshlandi. 

1991 yil sentyabr oyida Stepanakert markazida Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi (TQR) tashkil etilishi e’lon qilindi. Harbiy mojaro paytida Ozarbayjon Hukumati Tog‘li Qorabog‘ ustidan nazoratni yo‘qotdi.

1992 yildan beri mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha YeXHTning Minsk guruhi doirasida muzokaralar olib borilmoqda.

1994 yil may oyida tomonlar o‘q otishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Hozirgacha Rossiya, Fransiya va AQSH raisligi va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bilan birgalikda samarasiz tinchlik muzokaralari olib borilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Aliev Nikol Pashinyan Ozarbayjon-Armaniston Tog'li Qorabog'

Baholaganlar

171

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing