Tojikistonning Tog‘li Badaxshonida vaziyat qanday?

Olam

image
0:00
0:00
download

Tojikistonning Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatida o‘tkazilgan “aksilterror operatsiyasi” qurbonlarining 21 nafarining jasadi joriy yilning 19 may kuni yaqinlariga topshirildi. Yana 70 kishi hibsga olingan. Bu haqda xalqaro ommaviy axborot vositalari mahalliy aholiga tayanib xabar berilgan.  

Tojikiston Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Abdurahmon Alamshozodaga ko‘ra, “Rushon tumanida vaziyat tinch, Bosh prokuratura vakillari tergov harakatlarini o‘tkazishga kirishgan”. 

Biroq mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, Tog‘li Badaxshon avtonom viloyatining ma’muriy markazi Xorug‘da vaziyat xavotirliligicha qolmoqda: shaharga olib boruvchi barcha yo‘llar yopilgan, davlat muassasalari, maktab va universitetlar to‘rt kundan beri yopiq, jamoat transporti qatnovi to‘xtatilgan. 

“Bozorlarda oziq-ovqat yetishmaydi. Shahar tepasida osmonda vertolyot aylanib yuradi. Xitoy va Tojikiston o‘rtasidagi avtomagistralning bir qismi bo‘lgan Dushanbe-Xorug‘ yo‘li to‘sib qo‘yildi”, degan ismini oshkor qilishni istamagan mahalliy aholidan biri. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning mart oyi o‘rtalarida Tog‘li Badaxshon ma’muriy markazi Xorug‘ shahri aholisi viloyat rahbari Alisher Mirzonabotning iste’foga chiqishini talab qilganidan so‘ng, mintaqadagi vaziyat keskinlashgan. Viloyat rahbari iste’foga chiqmagan taqdirda, badaxshonliklar norozilik namoyishlarini boshlashga va’da berishdi. Rasmiylar talablarni noqonuniy deb e’lon qildi va namoyishlarda ishtirok etish terrorchilik harakati sifatida baholanishini aytgan. 

16 may kuni namoyishchilar Xorug‘ markazidagi viloyat hokimligiga bordi, biroq xavfsizlik kuchlari ularning yo‘lini to‘sib qo‘ygandi. Ular namoyishchilarga qarshi rezina o‘q va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan. Ijtimoiy tarmoqlarda harbiy qurollar ham qo‘llanilgani, oqibatda bir kishi halok bo‘lgani, bir necha kishi yaralangani haqida xabarlar tarqalgandi.  

18 may kuni Tog‘li Badaxshonning Rushon tumanida 200 ga yaqin odam Dushanbe-Xorug‘ avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ygan, “aksilterror operatsiyasi” boshlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Tog'li Badaxshon

Baholaganlar

484

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing