Kurs UZS

USD

12 927.17

36.74

EUR

14 717.58

-3.29

RUB

155.73

-0.31

Tojikistondagi zilzilada 3 yoshli bola halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Bugun, 13 aprel kuni Tojikistonning Tog‘li Badaxshon viloyatida yuz bergan 7 ballik zilzila oqibatida 3 yoshli bola qurbon bo‘ldi. Bu haqda NTV xabar berdi.

Mamlakatning sharqiy qismidagi Rasht viloyatida ro‘y bergan silkinishlar tufayli halok bo‘lgan bolani uy devori bosib qolgan.

Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasining Inqirozli vaziyatlarda boshqaruv markazidagi manbaning xabar berishicha, yana ikkita zilzila sodir bo‘lgan, ularning kuchi 4 va 3 ballni tashkil etgan. Jami 29 ta uy va bitta maktab vayron bo‘lgan. Qo‘mita komissiyasi yetkazilgan zararni aniqlash ustida ishlamoqda.

Ma’lumot uchun, Tojikiston aholisi guvoh bo‘lgan ushbu yer qimirlashi o‘zbekistonliklarni ham chetlab o‘tmadi. Zilzila kuchi Farg‘ona, Namangan, Sirdaryo, Andijon, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo viloyatlari hamda Toshkent shahrida ham sezildi. Zilzila koordinatalari: 39,16 gradus shimoliy kenglik; 70,71 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5.8. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 266 km janubi-sharqda.

Diqqat, ZILZILA! Yer qimirlaganda nima qilish kerak? north_east

Diqqat, ZILZILA! Yer qimirlaganda nima qilish kerak?

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya hukumati Tinch okeani tubidan o‘tuvchi, Sidzuoka prefekturasidan Cikoku va Kyusyu orollarigacha cho‘zilgan Nankay yorig‘ida yuz beradigan kuchli zilzila oqibatidagi zararning yangilangan bahosini e’lon qilgandi. Eng yomon ssenariy bo‘yicha qurbonlar soni 298 ming kishiga yetishi, mamlakat aholisining 10 foizgacha bo‘lgan qismi evakuatsiya qilinishga majbur bo‘lishi, shuningdek, 115 ming gektar maydon suv ostida qolishi mumkin.  


Maqola muallifi

Teglar

zilzila Tog'li Badaxshon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing