Tog‘ o‘lchamidagi “Sayyora qotili” asteroidi bugun Yerga yaqinlashadi
Bu qiziq
−
27 iyun
79000Olimlar tomonidan “Sayyora qotili” deb nomlangan yirik asteroid yer tomon harakatlanmoqda. Bu haqda “Live Science” xabar berdi.
Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, bugun, 27 iyun kuni asteroid yerga 5 million milya masofada uchadi. Asteroid so‘nggi 125 yil ichida sayyoraga yaqinlashgan eng yirik kosmik ob’ektlardan biri sifatida tan olingan.
2011 UL21 asteroidi Yerdan 93 000 km/soat tezlikda o‘tadi. Oldingi kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, Quyosh atrofida aylanish jarayonini yakunlash uchun unga 3 yil kerak bo‘ladi. Uning kengligi 1,7 dan 3,9 km gacha – bu ma’lum bo‘lgan yerga yaqin asteroidlarning 99 foizidan kattaroqdir.
Olimlarning ta’kidlashicha, 2011 UL21 66 million yil oldin dinozavrlarni yo‘q qilgan kosmik toshdan taxminan besh baravar kichikdir. U bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan to‘qnashuv bo‘r-paleogen falokatiga qaraganda kamroq ekstremal bo‘ladi. Ammo bunday asteroid kontinental miqyosdagi ta’sirlarga sabab bo‘lishi va global iqlim o‘zgarishiga olib kelishi uchun atmosferaga yetarlicha chiqindilarni tashlashi mumkin.
Astronomlarning fikriga ko‘ra, asteroidni tungi osmonda teleskoplar yordamida ko‘rish mumkin. U 28 va 29 iyun kunlari eng yorqin ko‘rinadi.
Asteroidning yer atrofidagi keyingi “tashrifi” 2089 yilda kutilmoqda. U sayyoraga 2,7 million km masofada – hozirgidan ikki baravar yaqinroq yaqinlashadi.