Tobora ko‘proq amerikaliklar AQSH fuqaroligidan voz kechmoqda – WP
Olam
−
19 Oktabr 2025 11643 1 daqiqa
Chet elda doimiy yashovchi amerikaliklarning tobora ko‘prog‘i AQSHning siyosiy yo‘nalishidan norozilik bildirib, fuqarolikdan voz kechmoqda. Bu haqda huquq himoyachilariga tayanib, “The Washington Post” nashri xabar berdi.
“Har yili chet elda yashovchi 5-6 ming amerikalik AQSH fuqaroligidan voz kechadi. Immigratsiya bo‘yicha advokatlarning aytishicha, ular buni ko‘pincha soliq va tashkiliy masalalar bilan izohlaydi. Ammo hozirgi kunda siyosiy omil tobora muhimroq rol o‘ynamoqda”, deyiladi xabarda.
Huquqshunoslarning ta’kidlashicha, fuqarolikdan voz kechayotganlar ko‘pincha AQSHning siyosiy yo‘nalishidan norozilikni asosiy sabab sifatida keltiradi.
Gazeta jurnalisti suhbatlashgan ayrim shaxslar hozirda fuqarolikdan voz kechish jarayonida ekanini aytib, AQSH Prezidenti Donald Tramp tomonidan jazolanish qo‘rquvi ularning bu qarorida hal qiluvchi omil bo‘lganini bildirgan. Bir erkak esa AQSH “haddan tashqari qasoskor davlatga aylanganini” va endi uni o‘zi bir vaqtlar tark etgan mamlakat deb atab bo‘lmasligini qo‘shimcha qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Henley Passport Index” tashkil etilganidan buyon AQSH ilk bor dunyoning eng kuchli o‘nta pasporti ro‘yxatidan chiqib ketgani haqida xabar berilgan edi. 2014 yilda ushbu mamlakat birinchi o‘rinda bo‘lgan bo‘lsa, hozirda 12-o‘rinda va bu o‘rinni Malayziya bilan bo‘lishmoqda.
Live
Barchasi