Tizimsiz muxolifat davlatning dushmani emas – Putin

Olam

image
“Bizga muddati o‘tgan Prezident kerak emas” – Peterburgda Putinga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi north_east

“Bizga muddati o‘tgan Prezident kerak emas” – Peterburgda Putinga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi

Tizimsiz muxolifat davlatning dushmani emas, deb fikr bildirdi Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin.

“Bunday bo‘lishi mumkin emas. Bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, degan Putin TASS bilan intervyuda.

Putin siyosatchilar, shu jumladan muxoliflari ham, shunchaki hokimiyatni tanqid qilishi emas, mamlakat oldida turgan muammoni yechish uchun aniq tasavvurga ega bo‘lishi kerakligiga ishonchi komil.

“Oddiy fuqarolar hokimiyatdagilarning faqat tortishayotganini emas, tanqid qilayotgan yotgan tomon qanday taklif bildirayotganini eshitish va tushunishni xohlaydi. Qachonki tanqiddan boshqa narsani eshitmasa, savol tug‘iladi: kimga ovoz berish kerak?”, deya ta’kidladi RF Prezidenti.

Putin rossiyaliklar siyosiy masalalarda anoyi emasligini ta’kidladi. “Birovni shunchaki, kolbasa evaziga sotib ololmaysan”, deb qo‘shimcha qildi Putin.

Shuningdek, Putin o‘tgan yili Rossiya fuqarolarining siyosiy qarashlari sezilarli o‘sganini ta’kidlab o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

123

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing