TIVdan ketgan Norov yangi lavozimga tayinlandi
Jamiyat
−
10 yanvar 2023
21363O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil 30 dekabrdagi farmoyishi bilan Vladimir Imomovich Norov Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori etib tayinlandi. Bu haqda Institutning Telegram kanalida xabar berildi
Vladimir Norov allaqachon o‘z vazifasini bajarishga kirishgan.
“Markaziy Osiyo mintaqasi rivojini o‘rganish bo‘yicha yanada samarali hamkorlikka chin dildan umid qilaman. Yangi 2023 yilda barchaga mustahkam sog‘lik, farovonlik va muvaffaqiyatlar tilayman”, deydi Norov.
Eslatib o‘tamiz, Vladimir Norov 2022 yilning 30 dekabr kuni Tashqi ishlar vaziri lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini Xalq ta’limi vaziri bo‘lib ishlagan Baxtiyor Saidov egalladi.
LiveBarchasi