Qamchiqda dahshatli YTH: ikki kishi vafot etdi
Jamiyat
−
09 iyul 2020
19315Qamchiq dovonida ro‘y bergan dahshatli yo‘l-transport hodisasi natijasida 2 kishi vafot etdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Kecha, 8 iyul kuni soat 07:30 da Pop tumani hududidan o‘tuvchi “Toshkent-Osh” avtomobil yo‘lining 223-kilometrida 28 yoshli J.J. boshqaruvida bo‘lgan sement yuklangan ISUZU rusumli avtomashinasini “Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, boshqaruvni yo‘qotadi va yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketadi. Oqibatda avtomobil jarlikka ag‘darilib ketadi. Natijada avtomashina haydovchisi J J. va yo‘lovchisi 23 yoshli Ch.J.tan jarohatlari olib, hodisa joyida vafot etadi.
Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi