TIV: O‘zbekistonliklar halokatiga sabab bo‘lgan YTH bo‘yicha vaziyat nazoratga olindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning turli hududlarida o‘zbekistonliklar ishtirokida ro‘y bergan halokatli YTHlar haqida rasmiy ma’lumot berdi.

O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yilning 22 yanvar kuni Nijegorod viloyati, Volodarsk tumani hududidagi M-7 Moskva – Nijniy Novgorod trassasida mikroavtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. Oqibatda mazkur avtotransport haydovchisi, O‘zbekiston fuqarosi B.X. olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

Shu kuni Chelyabinsk viloyati hududidagi Chelyabinsk-Troitsk avtomobil yo‘lida yengil avtomashinaning yuk avtomashinasi bilan to‘qnashishi sodir bo‘ldi. O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi xabar qilishicha, YTH oqibatida yengil avtomobilning haydovchisi va barcha yo‘lovchilari, jumladan, O‘zbekiston fuqarosi V.P. ham halok bo‘lgan.

“O‘zbekistonning Qozon va Yekaterinburg shaharlaridagi Bosh konsulxonalari vaziyatni nazoratga olishdi. Nijegorod va Chelyabinsk viloyatlarining mahalliy vakolatli organlari bilan aloqada bo‘lib turishibdi. Halok bo‘lganlarning jasadlarini vatanga yuborish bo‘yicha konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilish bilan shug‘ullanishmoqda”, deyiladi vazirlik axborotida.


Maqola muallifi

Teglar

Tashqi ishlar vazirligi

Baholaganlar

27

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing