TIV “Tolibon” rahbari bilan muzokaralar tafsilotini ma’lum qildi
Jamiyat
−
05 mart 2019
8585Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qatar poytaxti Doha shahrida “Tolibon” harakatining siyosiy ofisi rahbari Barodar Oxund bilan uchrashgani haqida xabar bergan edik.
TIV Doha shahrida o‘tgan uchrashuv haqida m’lumot berdi.
Unda aytilishicha, Mulla Barodar Oxund O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Afg‘onistondagi tinchlik jarayoniga ko‘maklashishga qaratilgan siyosatini yuqori baholagan. U o‘tgan yilning mart oyida o‘tkazilgan hamda afg‘on mojarosini tinch yo‘l bilan hal etish borasidagi xalqaro sa’y-harakatlarning faollashishiga kuchli turtki bergan Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasi ahamiyati va yakunlarini ham alohida ta’kidlagan.
Bundan tashqari, “Tolibon” harakati rahbariyati vakili transport, energetika va ta’lim sohalaridagi muhim iqtisodiy loyihalarni Afg‘onistonda amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston tashabbuslarini ijobiy baholagan.
Uning alohida qayd etishicha, O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan yirik infratuzilma loyihalari nafaqat Afg‘onistonning iqtisodiy rivojlanishiga, balki mamlakatda to‘la qonli siyosiy jarayon boshlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi. Natijada Afg‘oniston kelajakda Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida “ishonch va hamkorlik ko‘prigi” bo‘lishi mumkin.
Mulla Barodar Afg‘onistonda tinchlik jarayonini yanada taraqqiy ettirish borasida O‘zbekiston bilan yaqindan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi