TIV Shri-Lankadagi portlashlar qurbonlari orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q ekanligini ma’lum qildi
Jamiyat
−
23 aprel 2019
5765Xabaringiz bor, joriy yilning 21 aprel kuni katolik pasxa bayrami kuni Shri-Lankada ketma-ket 6 ta portlash yuz bergan edi.
Tashqi ishlar vazirligi konsullik-huquqiy departamenti shu bo‘yicha maxsus axborot bilan chiqdi. Uning matni vazirlik saytida e’lon qilingan.
Unda aytilishicha, O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Shri-Lankada sodir bo‘lgan qator portlashlar qurbonlari orasida hozirgi vaqtgacha O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmagan.
Shuningdek, shaxsini aniqlash bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilayotgan boshqa jasadlar mavjud.
Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston elchixonasi Shri-Lankaning tegishli organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.
LiveBarchasi