TIV: Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlikni o‘z vatandoshlari tunab ketgan

Jamiyat

image

Avvalroq, noyabr oyining oxirida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik migrant 4 nafar noma’lum shaxs tomonidan olib qochilib, o‘rmonda kaltaklangani va talangani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur ish bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi va talonchilikda gumonlanuvchilar qo‘lga olinganini ma’lum qildi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlardan olingan ma’lumotga ko‘ra ushbu holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, mazkur jinoyatni sodir etishda gumonlanib 5 kishi, jumladan 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi hamda mazkur holat bo‘yicha tergov ishlarini olib borayotgan tegishli organlar bilan aloqa o‘rnatdi.


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg o'zbekistonlik

Baholaganlar

27

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing