TIV Rossiyaga meva-sabzavot sotuvchi o‘zbekistonliklarga murojaat yo‘lladi

Jamiyat

image

Rossiya hududiga olib kirilganda QQS solinadigan meva-sabzavot mahsulotlari ro‘yxati kengaytirildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 4 yanvar kuni www.pravo.gov.ru rasmiy huquqiy axborot internet-portaliga Rossiya Federatsiyasi Hukumatining 2019 yil 31 dekabrdagi 1952-son “Rossiya Federatsiyasi Hukumatining 2004-yil 31-dekabrdagi 908-son qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qarori joylashtirildi.

O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, hujjatga muvofiq 10 foizli stavka bo‘yicha qo‘shimcha qiymati solig‘i (QQS) solinadigan meva-sabzavot mahsulotlari ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritildi. Xususan, RFga imtiyozli QQS bilan olib kiritalidgan meva-sabzavot mahsulotlari ro‘yxati kengaytirildi.

O‘zbekistonning asosiy ho‘l meva mahsulotlari hisoblanadigan tarvuz, qovun, uzum, anjir, olma, nok, behi, o‘rik, gilos, olcha, shaftoli (jumladan nektarin ham), olxo‘ri va limonga nisbatan avval amal qilgan 20 foizli QQS o‘rniga 10 foizli stavka joriy etiladi.

Shuningdek, o‘zgarishlar quruq mevalarga nisbatan joriy etilmaydi. Ushbu kategoriya bo‘yicha 20 foizli QQS saqlanib qolindi.

Vazirlikning ta’kidlashicha, Rossiya qonunchiligiga kiritilgan ushbu o‘zgarishlar O‘zbekistondan Rossiya bozoriga meva va sabzavotlar eksporti hajmini oshirish uchun qulay imkoniyat yaratadi.


Maqola muallifi

Teglar

TIV eksport meva-sabzavot

Baholaganlar

198

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing