TIV Rossiyada qiyin vaziyatga tushib qolganlarga murojaat bilan chiqdi

Jamiyat

image

Xorijda vafot etgan o‘zbekistonliklarga Hukumat tomonidan yordam ko‘rsatiladimi? Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi ma’lum berdi. 

Unda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan mehnat migratsiyasida bo‘lib turgan va chet elda vafot etgan vatandoshlar jasadini O‘zbekiston Respublikasiga olib kelishda amaliy yordam ko‘rsatiladi. 

“Agarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan yaqin qarindoshingiz yoki tanishingiz bunday holatlarga tushib qolganligi va yordamga muhtojligi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lsangiz Rossiya Federatsiyasidagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Vakolatxonasiga yoki Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat qilishingiz tafsiya etiladi”, deyiladi xabarda. 

Ma’lumot uchun: 

Rossiya Federatsiyasidagi manzil: Moskva shahri, 1-Kazachiy tor ko‘chasi, 11/2 (1-y Kazachiy pereulok, 11/2). 

Murojaat uchun telefon raqami: +7-903-507-76-67. 

O‘zbekiston Respublikasida manzil: Toshkent shahri Olmazor tumani, Qamarniso ko‘chasi, 1-uy. 

Murojaat uchun telefon raqami: +998-71-202-33-55 (ichki raqam:  16,  17). 

Telegram kanali: @migration_uz.

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlar va ayrim xalqaro ommaviy axborot vositalarida Rossiya Federatsiyasida ko‘cha tozalovchi bo‘lib ishlagan va tomdagi qorni kurayotganda yiqilib vafot etgan o‘zbekistonlik migrantning qarindoshi tomonidan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga videomurojaat yo‘llangan edi. U davlat rahbaridan Hukumat chet elda vafot etgan O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatga olib kelish uchun amaliy yordam berishini so‘ragan.  
 


Maqola muallifi

Teglar

Tashqi-ishlar-vazirligi Migrantlar Bandlik-va-mehnat-munosabatlari-vazirligi

Baholaganlar

18

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing