TIV Peterburgda O‘zbekiston fuqarosining ikki yoshli o‘g‘li bilan yuz bergan voqea bo‘yicha bayonot berdi

Jamiyat

image

Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti maxsus axborot bilan chiqdi. Bu haqda vazirlik saytida xabar berilgan.

O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi (Rossiya) bosh konsulxonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, vasiylik organlari qaroriga binoan ikki yashar o‘g‘li bolalar kasalxonasiga berilgan O‘zbekiston fuqarosi M.J. 2019-yilning 29 aprel kuni bosh konsulxonaga taklif etilgan.

O‘tkazilgan muzokaralar va zarur konsullik harakatlaridan so‘ng bola qonuniy vakilga topshirildi.

Ma’lum bo‘lishicha, bola 5 may kuni onasining singlisi hamrohligida O‘zbekistonga uchib ketadi.


Maqola muallifi

Teglar

TIV

Baholaganlar

24

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing