TIV Xabarovskda o‘zbekistonliklarning hibsga olinishiga munosabat bildirdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning Vladivostok (Rossiya) shahridagi Bosh konsulxonasi Xabarovsk shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan migrantlar, jumladan, O‘zbekiston fuqarolarining ommaviy hibsga olingani to‘g‘risida tarqalgan xabarni tekshirmoqda.

Avvalroq 12 dekabr kuni bir nechta shahar avtobuslari haydovchilari migratsiya xizmati tekshiruvi vaqtida qo‘lga olingani haqida xabar tarqalgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, vaziyat Bosh konsulxona tomonidan nazoratga olingan.

Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Uzoq Sharq federal okrugi (Amur viloyati, Kamchatka o‘lkasi, Magadan viloyati, Primore o‘lkasi, Saxa Respublikasi (Yoqutiston), Saxalin viloyati, Yahudiy avtonom viloyati, Xabarovsk o‘lkasi, Chukotka avtonom okrugi) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +7-423-260-48-00, +7-951-018-70-07.


Maqola muallifi

Teglar

TIV migrant Xabarovsk

Baholaganlar

62

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing