TIV Qozog‘istondagi o‘zbekistonliklar haqida ma’lumot berdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Qozog‘istondagi fuqarolari va talabalari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

“O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘istondagi Elchixonasi va Bosh konsulxonalari ushbu mamlakat hududidagi O‘zbekiston fuqarolari, shu jumladan talabalar bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi. 

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi diplomatik vakolatxonalari odatdagi tartibda faoliyat yuritmoqda. Zarur holatlarda O‘zbekiston fuqarolariga huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda. 

Shu bilan birga, Qozog‘istonning ayrim hududlarida favqulodda holat e’lon qilinishi munosabati bilan mazkur mamlakatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan joriy etilgan vaqtinchalik cheklovlarga rioya qilishlarini so‘raymiz. 

Zarurat tug‘ilganda,  hamyurtlarimiz istalgan vaqtda O‘zbekiston Respublikasining Nur-Sulton (telefon: +7 771 020 36 73),  Olma-ota (telefon: +7 777 950 44 33) va Aqtau  (telefon: +7 777 599 00 51) shaharlaridagi diplomatik vakolatxonalariga murojaat qilishlari mumkin”, deyiladi TIV bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 5 yanvar Tashqi ishlar vazirligi Qozog‘istondagi voqealar yuzasidan bayonot bergandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'istondagi vaziyat Tashqi ishla vazirligi

Baholaganlar

602

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing