O‘zbek-qozoq chegarasida ushlangan talato‘p ishtirokchisi o‘zbekistonlik bo‘lmagan

Jamiyat

image

Avvalroq, Qozog‘iston janubida Milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara xizmati xodimlari O‘zbekiston fuqarosini ushlagani haqida xabar bergan edik. Uning qo‘l telefonidan yanvar oyida Qozog‘istondagi tartibsizliklar vaqtida tasvirga olingan videolar topilgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur xabarga rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd  etilishicha, O‘zbekistonning Olma-ota shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan Qozog‘iston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot xizmatidan ma’lumot olgan. Unga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi emas.

“Mazkur holat yuzasidan tegishli axborot Qozog‘iston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasining veb-saytida joylashtirilgan”, deyiladi TIV xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

TIV

Baholaganlar

280

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing