TIV Qozog‘istonda ag‘darilgan avtobusda qancha o‘zbekistonlik bo‘lganini ochiqladi
Jamiyat
−
13 may 2022
11991Avvalroq Qozog‘istonning Jambil viloyatida O‘zbekiston fuqarolarini olib ketayotgan avtobus halokatga uchragani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mazkur YTH bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasining Olma-ota shahridagi (Qozog‘iston Respublikasi) Bosh konsulligi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 12 may kuni Jambil viloyatida yo‘lovchi avtobusi ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.
Nukus-Olma-ota yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan avtobusda 53 nafar yo‘lovchi, jumladan, 47 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan. Hodisa oqibatida 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan.
TIVga ko‘ra, ayni paytda 16 nafar o‘zbekistonlik tuman shifoxonasida, jumladan 2 nafari jonlantirish bo‘limida yotibdi.
O‘zbekistonning Olma-otadagi Bosh konsulligi huzurida jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha shtab tashkil etilgan. Diplomatlar voqea joyiga borishgan.
“Vaziyat Bosh konsullik nazorati ostida. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tibbiyot muassasalari bilan aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. Halok bo‘lganlarning jasadlarini Vatanga olib borishning tashkiliy masalalari hal etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi hamda hamyurtlarimiz mamlakatimizning Olma-ota shahridagi Bosh konsulxonasiga (tel.: +77779504422, +77779504433) yordam so‘rab murojaat qilishlari mumkinligini ma’lum qiladi”, deyiladi TIV xabarida.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15