TIV Irkutskdagi suv toshqinlaridan so‘ng o‘zbekistonliklar xaqida ma’lumot berdi
Jamiyat
−
29 iyun 2019
3692O‘zbekiston Respublikasining Novosibirsk shahridagi bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga Irkutsk viloyati hududida qator aholi punktlari, turar joy va infratuzilmadagi suv toshqini munosabati bilan “favqulodda holat” rejimi joriy qilindi.
Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmatining xabar berishicha, jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmagan.
Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Sibir federal okrugi (Buryat Respublikasi, Irkutsk viloyati, Hakas Respublikasi, Krasnoyarsk o‘lkasi, Kemerovo viloyati, Novosibirsk viloyati, Oltoy Respublikasi, Oltoy o‘lkasi, Omsk viloyati, Tomsk viloyati, Tuva Respublikasi, Zabaykale o‘lkasi) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur vaziyatlarda mamlakatning Novosibirsk shahridagi bosh konsulxonasiga + 7 (383) 246-04-85; 246-04-63, 246-04-64; 246-04-84 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi.
LiveBarchasi