TIV chet elda o‘quvchi o‘zbekistonliklarga murojaat yo‘lladi
Jamiyat
−
12 fevral 2020
5613O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalarga o‘qishini respublika oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish uchun arizalar qabul qilishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilingani munosabati bilan murojaat yo‘lladi.
Vazirlik O‘zbekistonning mazkur mamlakatlardagi diplomatik va konsullik muassasalari mas’ul xodimlari telefon raqamlarini ma’lum qildi:
1. Qozog‘istondagi Elchixona (Nur-Sulton shahri) +77772182010, +77712008752
2. Qirg‘izistondagi Elchixona (Bishkek shahri) +996555700145
3. Tojikistondagi Elchixona (Dushanbe shahri) +992938884442
4. Aqtau shahridagi Bosh konsulxona (Qozog‘iston) +77292777117, +77775990052
5. Olmaota shahridagi Bosh konsulxona (Qozog‘iston) +77273902616, +77779504433, +77779504455, +77779504422, +77779504411
Avvalroq, chet elda o‘quvchi talabalarning o‘qishini O‘zbekiston OTMlariga ko‘chirish uchun hujjat topshirish muddati uzaytirilgani haqida xabar bergan edik.