TIV Hindiston va Bangladeshdagi O‘zbekiston fuqarolarini ogohlantirdi!

Jamiyat

image

May oyi boshida Hindiston sohillariga “Fani” sikloni kirib keldi. Falokatli siklon sababli hozirgacha 30 nafardan ortiq inson halok bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Hindistonning Odisha shtati va Bangladesh hududiga yopirilgan siklon sabab 2 mln nafardan ortiq aholi xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan.

Siklondan zarar ko‘rgan mintaqada davlat idoralari, aeroportlar yopilgan, poyezdlar va boshqa transport vositalari harakati to‘xtatilgan.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti Hindistonning va Bangladeshning siklon yopirilgan hududlarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini ogoh bo‘lishga chaqirgan.


Maqola muallifi

Teglar

TIV Hindiston tsiklon

Baholaganlar

70

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing