“Cho‘kmas kema”ning fojiasiga 108 yil to‘ldi

Bu qiziq

image

Titanik fojiasi 20 asrning eng shov-shuvli voqealaridan biri sifatida tarixga muhrlangan. Uning cho‘kishi haqida turli gipoteza va farazlar fojiadan ham mashhur. U haqda filmlar, kitoblar va maqolalar yozilgan. 

Titanik kemasining qurilishi 1909 yil 31 mart kuni boshlangan. 1911 yilning 31 may kuni bitkazilgan. 1912 yil 10 aprel kuni Titanik ilk va so‘nggi sayohatini boshlagan. 

Kemaning bosh loyihachisi Tomas Endryus eng dahshatli halokat yuz bersa ham Titanik uch kecha-kunduz cho‘kmasdan, suv yuzida turishi mumkinligi haqida odamlarni ishontirgan edi. Afsuski bu so‘zlar noto‘g‘ri ekanligiga u 1912 yilning 15 aprel tunida amin bo‘ldi. 

Quyida sizga kamdan kam yozilgan faktlarni taqdim etamiz.

Kemada 14 nafar juftlik o‘z asal oyini o‘tkazayotgan bo‘lgan.

Titanikning to‘rtta bug‘ turubinasidan faqat uchtasi ishlagan. Qo‘shimcha bittasi kemani yanada ko‘rimli qilish uchun qurilgan.

Qutqaruv qayiqlari 64 kishilik bo‘lgan. Cho‘kish vaqtida aksariyat qayiqlarning deyarli yarimi bo‘sh ketgan. Birinchi qutqaruv qayig‘ida 28 kishi ketgan xalos.

Kemaning kuzatuv minorasidagi xodim o‘sha kecha o‘z binoklini unutgan bo‘lgan. Titanikning cho‘kish sabablaridan biri qilib ayni omil ko‘rsatiladi.

Titanik fojiasida omon qolgan eng yosh odam 2009 yilda vafot etgan. Din Millvin Titanikda bo‘lganida ikki oylik edi.

Filmdagi musiqachilar bilan bog‘liq sahna real hayotda ham sodir bo‘lgan. Ular yo‘lovchilarni xotirjamligini saqlash uchun oxirigacha musiqa chalib turishgan.

Titanik qoldiqlari 2030 yilga borib yo‘q bo‘ladi. Chunki uni "Halomonas titanicae" deb nomlangan zang bilan oziqlanadigan bakteriyalar qoplab  olgan.

Titanikning ilk va so‘nggi safariga 100 mingdan ortiq kishi kuzatgan. Portda odam ko‘pligidan jarohatlanganlar bo‘lgani haqida ma’lumotlar bor.

Titanik kemasining nusxasi qurilishi mumkin. 2012 yilda avstraliyalik millioner Kliv Palmer ushbu loyihani boshlashini e’lon qilgan. Uning ta’kidlashicha, kemani qurishda haqiqiy Titanikning qoldiqlaridan ham foydalaniladi.

Titanik cho‘kishida omon qolgan ayol keyinchalik boshqa kemada ham halokatga uchrab tirik qolgan. Hamshira Violet Jessop Titanik fojiasidan to‘rt yil o‘tgach, 1916 yilda boshqa kemada halokatga uchragan. Ikkinchi halokatda u boshidan jarohat olgan.

Halok bo‘lganlarning aniq soni hozircha noma’lum. Chunki sayohatchilarning ko‘pi ro‘yxatdan o‘tishda o‘z ismidan foydalanmagan.

Kema harakatlanishi uchun har kuni 800 tonnadan ortiq ko‘mir yoqilgan.

Kema qurilishiga 7,5 million dollar sarflangan. Jeyms Kameronning 1997 yildagi filmi uchun 200 million dollar ishlatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Titanik Fojia Faktlar

Baholaganlar

235

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made