Rouz jon saqlagan eshik kimoshdi savdosida sotildi

Madaniyat-san’at

image

Avvalroq mashhur “Titanik” filmi suratga olinayotganda Rouz va Jekning xayrlashuv sahnasida rekvizit vazifasini bajargan eshik auksionga qo‘yilgandi. Auksionda ushbu eshik 718 ming dollarga sotildi. Bu haqda “The Hollywood Reporter” nashri xabar berdi.

Eshikni kim sotib olgani noma’lum. Shuningdek, kimoshdi savdosiga aktrisa Keyt Uinslet kiygan shifon libos ham qo‘yilgan. Libos 125 ming dollarga sotilgan.

Ma’lumot uchun, “Titanik” filmi keng jamoatchilikka taqdim etilganida, muxlislar kinoning yakuni haqida bir necha bor bahslashib, ikkala personaj ham birgalikda o‘sha bahaybat eshik ustida jon saqlaganida, Jek ham omon qolishi mumkinligini bildirgan.

Ammo film rejissyori Jeyms Kemeronning kuzatishlariga ko‘ra, eshik Jek va Rouzning og‘irligini ko‘tarolmaydi va oxir-oqibat ulardan biri cho‘kib ketishi kerak bo‘lgan. Shu bois Jek suv tubiga g‘arq bo‘ladi, chunki hikoya fojia bilan yakunlanishi avvaldan rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, eshikning boshlang‘ich narxi 40 ming dollar deb belgilangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Titanik Rouz va Jek

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing