“Titanik”da mingga yaqin yo‘lovchini qutqarib qolgan kapitan soati rekord narxda sotildi
Bu qiziq
−
19 noyabr
7569“Titanik”dagi 700 nafar yo‘lovchini qutqarib qolgan kapitanga sovg‘a qilingan oltin cho‘ntak soati auksionda deyarli 2 million dollar (o‘zbek so‘mida 25 milliard 501 million 500 ming so‘m) ga sotildi. Bu haqda “Euronews” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Tiffany & Co. tomonidan ishlab chiqarilgan 18 karatli oltin cho‘ntak soati yo‘lovchilarni qutqarib qolgan kapitan Artur Genri Rostronga sovg‘a qilingan. U auksionda 1,8 million dollarga sotildi va “Titanik” bilan bog‘liq esdalik buyumlari orasidagi eng qimmatga sotilgan buyum sifatida rekordni yangiladi.
Bu soatni kapitanga kema halokati sabab vafot etgan uch nafar boy ishbilarmonning bevalari minnatdorlik ramzi sifatida sovg‘a qilgan.
“Kapitan Rostronga uch nafar “Titanik” yo‘lovchisidan chin dildan minnatdorlik va ehtirom bilan, 1912 yil 15 aprel – missis Jon Teyer, missis Jon Jeykob Astor va missis Jorj Vaydenner”, kabi so‘zlar tuhfada qayd etilgan.
Missis Astorning erining ism-sharifi Jon Jeykob Astor IV bo‘lib, u “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchi sifatida tanilgan. Kema halokati paytida u homilador xotinini qutqarish qayig‘iga joylashtirgan, o‘zi esa halok bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, avvalgi rekord ham cho‘ntak soati bo‘lib, 2023 yilning aprelida o‘rnatilgan. U 1,48 million dollarga sotilgan.
LiveBarchasi