“Tinkoff Bank” asoschisi Rossiyada “xorijiy agent” deb e’lon qilindi
Olam
−
17 fevral
4130Rossiya Adliya vazirligi “xorijiy agentlar” reyestriga yana besh kishini kiritdi. Ular orasida tadbirkor Oleg Tinkov ham bor. Bu haqda vazirlik tegishli bayonot bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, xorijiy agent maqomi Chechenistonning “Ichkeria” inson huquqlari markazi rahbari Aslan Arsuyev, teatr va kino aktyori Nikita Kukushkin, adabiyotshunos va muzey kuratori Anna Narinskaya, faylasuf va Rossiya Fanlar akademiyasining a’zosi Yuliya Sineokaya va tadbirkor Oleg Tinkovga berildi.
Adliya vazirligi xorijiy agent maqomini olganlarning barchasi Ukrainadagi urushga qarshi chiqqanini bildirgan.
Shuningdek, Arsuyev Rossiyaning salbiy imidjini yaratishga qaratilgan yolg‘on ma’lumotlarni tarqatganlikda, qolgan 4 kishi esa davlat organlari tomonidan qabul qilingan qarorlar va olib borilayotgan siyosat to‘g‘risida yolg‘on ma’lumot tarqatganlikda ayblangan.
Ta’kidlanishicha, barcha yangi "xorijiy agentlar" Rossiya Federatsiyasidan tashqarida yashaydi.
Ma’lumot o‘rnida, Rossiyada "xorijiy agentlar" to‘g‘risidagi qonun 2012 yilda paydo bo‘lgan. O‘shandan beri bir necha yuzlab tashkilotlar va shaxslar taqiq ro‘yxatiga kiritilgan.
Oleg Tinkov “Tinkoff Bank” asoschisi hisoblanadi. 2020 yilda u bank bosh direktori lavozimini tark etdi, urush boshlanganidan keyin u Rossiyadagi barcha aktivlarini, shu jumladan bankni ham sotdi.
LiveBarchasi