Dunsova Rossiyada “xorijiy agent” sifatida tan olindi

Olam

image

Rossiyada jurnalist va siyosatchi Yekaterina Dunsova "xorijiy agent" sifatida tan olindi. Bu haqda kecha, 31 may kuni  Rossiya Adliya vazirligi xabar berdi.

Vazirlik “xorijiy agentlar” reyestrini yangiladi. Unga Dunsovadan tashqari huquq himoyachisi Marina Litvinovich, urushga safarbar qilinganlarning rafiqalarining "Uyga yo‘l" harakati va uning yetakchilaridan biri Mariya Andreyeva kirdi. Bundan tashqari, "Sota" va "Respublika" nashrlari, shuningdek, "Sota" fotografi Pavel Ivanov "xorijiy agentlar" ro‘yxatiga qo‘shildi.

Vazirlik ularni reyestrga kiritishga "Rossiya Federatsiyasi, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari haqida salbiy imij yaratishga qaratilgan yolg‘on ma’lumotlarni tarqatganliklari" bilan asosladi.

Yekaterina Dunsova "xorijiy agentlarni" ro‘yxatga kiritish qaroriga rozi emasligini va unga e’tiroz bildirishini aytdi.

“Bu mening shaxsan saylovlarda ishtirok etishimga to‘sqinlik qilish va “Tong” partiyamizdan nomzodlarga yordam berish uchun qilingan”, deb yozdi siyosatchi o‘zining Telegram-kanalida.

Dunsova Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligi rahbarining "xorijiy agent" maqomiga qarshi chiqishga uringanlarning hech biri "Rossiya manfaatlariga xizmat qilmasligini" aytganini esladi.

"Shunday ekan, men Rossiya tarafdoriman va chet ellarning bizning ishlarimizga aralashuviga qarshi ekanligimni e’lon qilaman", deydi u.

Dunsovaning so‘zlariga ko‘ra, uni reyestrga kiritish “Tong” partiyasi qurilishiga to‘sqinlik qilmaydi va uning a’zolariga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning dekabr oyida Yekaterina Dunsova prezidentlikka o‘z nomzodini e’lon qilgan. O‘shanda u Ukrainada jangovar harakatlar to‘xtatilishi, demokratik islohotlar va siyosiy mahbuslarning ozod etilishi tarafdori ekanini bildirgan. Biroq Rossiya Markaziy saylov komissiyasi hujjatlarida xatolar aniqlangani vaji bilan unga nomzod bo‘lishga ruxsat bermadi. Shundan so‘ng Dunsova MSK ustidan sudga murojaat qildi. Biroq Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi ham rjevlik jurnalist Yekaterina Dunsovaning da’vosini rad etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya xorijiy agent Ekaterina Duntsova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing