Tinib-tinchimagan xitoyliklar uy hayvonini robotlashtirdi (video)

Texnologiya

image

Xitoyning “Unitree Robotics” kompaniyasi uy hayvonlarining o‘rnini bosuvchi Go2 aqlli robotini taqdim etdi. Bu haqda “Science Times” nashri ma’lum qildi.

Bu 2021 yilda chiqarilgan Go1 rusumining yangilangan versiyasi bo‘lib, dastlabki sotuv narxi 2700 dollarni tashkil etadi. U o‘zining murakkabligi bilan mashhur bo‘lgan, qadimgi Xitoy stol o‘yini Go sharafiga shunday nomlangan.

To‘rt oyoqli aqlli robot yorug‘likni qaytarish texnologiyasidan foydalanadi. Bu unga turli landshaftlar bo‘ylab harakatlanish imkonini beradi. U haqiqiy it kabi dumini likkillatish, raqsga tushish va ikki oyoqda turish kabi ajoyib qobiliyatlarni namoyish qiladi. Shuningdek, robot kuchuk zinapoyaga chiqish, musiqa qo‘yish va hatto, suratga olib, ularni egasining telefoniga jo‘natish imkoniyatiga ega.

“Ularning yaratilishi ilm-fandagi yuqori texnologiyali yutuqning yorqin namunasi va kelajakda sun’iy intellekt ommalashadigan hayotning ajralmas qismi bo‘ladi. Bizning mahsulotimiz to‘rt oyoqli robotlar sanoatini o‘zgartiradi”, dedi kompaniya mas’uli.

Haqiqiy hayvonlarga taqlid qilishdan tashqari, GO2 robotlari an’anaviy ikki oyoqli mashinalar bilan amalga oshirish mushkul bo‘lgan turli vazifalarni ham bajarishi mumkin. Ularning to‘rtta oyog‘i yuqori barqarorlik, manyovr va tezlikni namoyish qilish imkonini beradi. Shu sababli, ulardan qidiruv-qutqaruv operatsiyalarida, kuzatuv missiyalarida, yetkazib berish xizmatlarida ham foydalanish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Angliyaning Lids shahrida oziq-ovqatlarni yetkazib beruvchi robotlar sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazildi va robot-baqqollik yetkazib berish xizmati kengaytirildi.

Sevara Husniddinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

robot uy hayvoni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing