Tinchlik yo‘nalishida Nobel mukofoti Abiy Ahmad Aliga beriladi

Olam

image

Efiopiya Bosh vaziri Abiy Ahmad Ali Eritreya bilan chegaradagi mojaroni tinchitishda ko‘rsatgan jonbozligi uchun Nobel mukofotini qo‘lga kiritadi. 

Norvegiya poytaxti Osloda Nobel mukofotining tinchlik yo‘nalishi bo‘yicha bu yilgi g‘olibi aniqlandi. Efiopiya Bosh vaziri Abiy Ahmad Ali 2019 yilgi tinchlik yo‘nalishi bo‘yicha Nobel mukofotini oladi. 

Ma’lumot uchun, 1976 yilda tug‘ilgan Abiy Ahmad Ali 2018 yilning aprelidan buyon Efiopiya Bosh vaziri hisoblanadi. U mamlakat tarixidagi ilk musulmon Bosh vazir hamda Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan ilk efiopiyalik bo‘ldi.

Abiy Ahmad Ali so‘nggi 20 yil ichida Eritreya rahbari bilan uchrashgan ilk Efiopiya Bosh vaziri bo‘lgandi. 2018 yilning 8-9 iyul kunlarida U va Eritreya Prezidenti Isayyas Afeverki ishtirokida sammit bo‘lib o‘tgan.

Ushbu sammitda tinchlik va do‘stlik to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolangan. Unga ko‘ra keskinlikni yumshatish va mamlakatlar o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarni tiklash, quruqlikdagi va havodagi qatnovlarni ochish kabilar nazarda tutilgan.

Mukofotlar orasida aynan tinchlik yo‘nalishidagi sovrin g‘olibi Stokgolmda emas, Osloda e’lon qilinadi. Bu yo‘nalishdagi mukofot sohibiga topshiriladigan medal ham boshqa yo‘nalishlardagi laureatlarnikidan farq qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Nobel' Abiy Ahmad Ali

Baholaganlar

21

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing