Tinchlik izlab yo‘lga chiqqanlar. Gretsiya qochoqlarni otishma bilan kutib oldi (fotogalereya)
Olam
−
04 mart 2020
10411Xabaringiz bor, joriy yilning 27 fevral kuni Idlibda 34 turk askarining o‘ldirilishi Turkiya va Suriya Hukumati o‘rtasidagi ziddiyatlarni eng xavfli darajaga olib chiqdi.
Bu orada Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an mamlakatdagi suriyaliq qochoqlarni ortiq ushlab tura olmasligi, chegaralarini, jumladan Gretsiyaga chegarasini ochib yuborishini aytgandi. Ko‘p o‘tmay chegara ochildi. Erdo‘g‘an Yevropa Ittifoqi o‘z va’dasida turmagani uchun shunday qarorga kelganini ma’lum qildi.
Bugun, 4 mart kuni Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu Turkiyadan Gretsiya tuproqlariga ko‘chib o‘tgan qochoqlar sonini ma’lum qildi. Uning qayd etishicha, bugungacha qariyb 136 ming kishi Turkiyadan Gretsiyaga o‘tgan.
Ammo, Yevropa, xususan Gretsiya qochoqlarni quchoq ochib kutib olgani yo‘q. Turkiya bilan chegaradagi neytral zonada qochoqlarga qarata Gretsiya harbiylari tomonidan o‘q uzildi. Natija bir kishi halok bo‘ldi. Besh kishi yaralandi.
LiveBarchasi