Jurnalistlar trendda! Tinchlik bo‘yicha Nobel jurnalistlarga berildi
Olam
−
08 Oktabr 2021
45572021 yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti “Novaya gazeta” bosh muharriri Dmitriy Muratov va filippinlik jurnalist Mariya Ressaga topshirildi.
Qo‘mita ularning “demokratiya va mustahkam tinchlik uchun zarur shart bo‘lgan so‘z erkinligini himoya qilish yo‘lidagi harakatlari”ni e’tirof etgan.
Dmitriy Muratov Nobel mukofotiga loyiq ko‘rilgan uchinchi rossiyalik bo‘ldi. Bungacha Andrey Saxarov va SSSRning birinchi Prezidenti Mixail Gorbachyov ham bu mukofotga sazovor bo‘lgandi.
G‘olibni e’lon qilish marosimi Oslodagi Norvegiya Nobel institutida o‘tkazildi. Ro‘yxatda 329 nomzod: 234 odam va 95 ta tashkilot bor edi.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 11 oktyabr kuni Iqtisodiyot bo‘yicha mukofot egasi ma’lum bo‘ladi. Shu bilan barcha Laureatlar aniq bo‘ladi.
LiveBarchasi