“Tinch turgan baloni qo‘zg‘atma”. Lola Karimova Sherzodxon Qudratxo‘jaga javob qaytardi
Jamiyat
−
08 Sentabr 98082 1 daqiqa
Birinchi Prezident Islom Karimovning vafotiga 9 yil to‘lishi munosabati bilan “O‘zbekiston Suriyaga aylanmagan bo‘lsa, bu Islom Karimovning dono siyosati sabab” ekanini aytib chiqqan Lola Karimova - Tillyayeva unga buyurtma bo‘yicha reaksiya bildirayotganlar va marhum prezidentning qizini “singlimiz” deb murojaat qilgan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘jaga javob qaytardi. U bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozgan.
“Men otamni hurmat qilmaydiganlarga singil emasman. Birinchi Prezident vafot etganiga 9 yil to‘lishi munosabati bilan qilgan postimga bema’ni reaksiya bildirishga buyurtma berganlarning baxtiga menda hech qanday siyosiy ambitsiya yo‘q. Shu bois ham hech qanday polemikaga kirish niyatim yo‘q”, deya yozgan u.
Karimova so‘zini rus maqoli bilan yakunlab: “Tinch turgan baloni qo‘zg‘atma”, degan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja Birinchi Prezident Islom Karimovning vafotiga 9 yil to‘lishi munosabati bilan: “O‘zbekiston Suriyaga aylanmagan bo‘lsa, bu Islom Karimovning dono siyosati sabab” ekanini aytib chiqqan Lola Karimovaga: “singlimiz” deya murojaat qilib, otasining xatolarini eslatib, unga "Qichimagan joyni qashlamaslikni” maslahat bergan edi.
Live
Barchasi