Tinch okeanidan 5000 ga yaqin noma’lum mavjudotlar topildi (foto)
Bu qiziq
−
27 may 2023
15029Olimlar Tinch okeanidagi Klarion-Klipperton zonasi deb nomlangan hududni o‘rganish chog‘ida 5 mingga yaqin yangi hayvon turlarini aniqladi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Bu g‘alati va ajoyib mavjudotlar orasida qurtlar, marjonlar va goloturiyalar (dengiz bodringi) mavjud. Tadqiqot davomida topilgan jonzotlarning 90 foizi olimlar uchun mutlaqo yangi edi.
Olimlar bu jonzotlarning ro‘yxatini birinchi marta tuzdilar. Biroq ushbu zonada mahalliy o‘simlik va hayvonot dunyosiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan metallar, jumladan, qazib olishni boshlash rejalashtirilmoqda.
Olimlar Tinch okeanining tubiga masofadan boshqariladigan transport vositalarini yuborgan, natijada ushbu qiziqarli turlar topilgan.
Bular dengiz anemoni (umurtqasiz yirtqichlar) hisoblanadi. Ammo olimlarning fikricha, yangi kashfiyotlar hali ham ularni kutmoqda. Tadqiqotchilar ba’zi mavjudotlarning fotosuratlarini e’lon qilgan.
LiveBarchasi