Tinch okeanida yangi orol paydo bo‘ldi
Olam
−
27 Sentabr 2022
17543Tonga markaziy orollari yaqinida Tinch okeanining janubi-g‘arbiy qismida suv osti vulqonining otilishidan so‘ng yangi orol paydo bo‘ldi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
NASA’ning Yer observatoriyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 10 sentyabr kuni ushbu suv ostida qolgan vulqonlardan biri otilib, lava, bug‘ va kulni sochgan. Vulqon otilishi boshlanganidan 11 soat o‘tgach, suv yuzasida yangi orol paydo bo‘ldi.
Yangi orol hajm jihatdan tez o‘sib borgan. 14 sentyabrda uning maydoni 4 ming kvadrat metrni tashkil etgan bo‘lsa, 20 sentyabrga kelib, orol 24 ming kv.m gacha o‘sgan.
LiveBarchasi