Tinch okeanida ikki oy suzgan “Robinzon” qutqarildi (video)
Olam
−
18 iyul 2023
15218Tinch okeanida sidneylik dengizchi Tim Sheddok va uning iti Billa bo‘rondan keyin bir necha oylik okeandagi "sayohati"dan so‘ng qutqarildi. Bu haqda “9News” nashri xabar berdi.
Keltirilishicha, 51 yoshli Tim Sheddok va uning iti Billa uch oy oldin Meksikadan Fransiya Polineziyasiga yo‘l olgan. Biroq bir necha hafta o‘tgach, ularning qayig‘i bo‘ron paytida jiddiy shikastlangan. Ikki oy davomida ular oziq-ovqat uchun xom baliq va ichimlik uchun yomg‘ir suvidan foydalangan. Ikki oy o‘tgach, dengizchining qayig‘ini baliqchi traulerni kuzatib borayotgan vertolyotdagilar ko‘rib qolgan. Sheddok topilganida, u sog‘lom va yaxshi kayfiyatda bo‘lgan.
“Dengizda og‘ir sinovlarni yengib o‘tdim. Endi dam olishim va yaxshi ovqatlanishim kerak”, degan Sheddok.
Sheddokka mas’ul shifokor dengizchi va itining sog‘lig‘i yaxshiligini ma’lum qildi.