Tina Kandelakining Qozog‘istonga kirishi taqiqlandi

Olam

image

Rossiyalik teleboshlovchi Tina Kandelakining Qozog‘istonga kirishi taqiqlandi. Bu haqda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Oybek Smadiyarov ma’lum qildi.

"Davlat buni kechirmaydi, albatta chora ko‘radi. Balki u Qozog‘istonga kelmoqchi emasdir, ammo shunday qarorga kelsa Qozog‘istonga kiritilmaydi. Ertaga (taqiqlanganlar ro‘yxatidan chiqarishni) bizdan talab qilmang", degan TIV matbuot kotibi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 yanvar kuni Qozog‘istonning “Ochiq yuridik hujjatlar” portaliga ayrim viloyat va shaharlarda temiryo‘l vokzallarini nomini o‘zgartirish loyihasi joylashtirildi. Ushbu loyihada bir qancha temiryo‘l vokzallarining rus tilidagi nomi o‘zgartirilishi qayd etilgan. Qozog‘istonda taklif etilgan bu o‘zgarishni xushlamagan rossiyalik teleboshlovchi Tina Kandelaki qozoqlarni manqurtga o‘xshatdi.

Uning bunday chiqishlariga qozog‘istonliklar ham jim qarab turmadi.  Jumladan, qozog‘istonlik teleboshlovchi Dinara Satjan rossiyalik hamkasbi Tina Kandelakining bayonotiga qattiq javob qaytardi.

"Hurmatli Tina! Avvalo, biz mustaqil suveren davlatmiz. Ruslarning birovning ishiga burun suqma degan bir yaxshi maqoli bor. Keling, qanday temiryo‘l stansiyasini nomlashni o‘zimiz hal qilaylik. Ikkinchidan, Qozog‘iston o‘zining mustaqillik yillarida Sovet hokimiyati davrida yo‘qolgan ona tilini bosqichma-bosqich tiklab kelmoqda. Uchinchidan, rus tili mamlakatimizda millatlararo muloqotning rasmiy tili, qozoq tili esa davlat tili hisoblanadi. Bu esa Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo‘yilgan”, deb javob bergan Satjan.

TNT telekanali direktorining qozog‘istonliklarni ayblashi qozoq jamoatchiligining ham keskin e’tiroziga sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qozog'iston jurnalist Tina Kandelaki

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing